Samarqandda konteyner ichidan ikki kishining jasadi topildi

Samarqandda konteyner ichidan ikki kishining jasadi topildi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida joylashgan korxonalardan birining kirish darvozasi oldiga o‘rnatilgan metall konteyner ichida ikki kishi noma’lum etiologik zaharlanish bilan vafot etgan holda topilgan. Bu haqda tuman hokimining mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazish haqidagi qarorida ma’lum qilingan, deb yozadi "Kun" nashri.

Qayd etilishicha, joriy yil 17 noyabr kuni Past Darg‘om tumani “Balxiyon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Agrokimyo ta’minot servis” MCHJning kirish darvozasi oldiga o‘rnatilgan metall konteyner ichida 2 nafar yollanma ishchining jasadi topilgan. Ular noma’lum etiologik zaharlanish bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Shu munosabat bilan tuman hokimi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevraldagi “Gazdan turmushda foydalanishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 64-sonli va viloyat hokimining 2021 yil 16 fevraldagi 22-sonli qarorlariga muvofiq sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Qarorda tuman mas’ullariga sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan komissiya tuzish va baxtsiz hodisa sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganish vazifasi yuklangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!