Samarqandda IIB xodimi ayol kishiga nisbatan kuch ishlatdi. Holat o‘rganilmoqda (VIDEO)

Samarqandda IIB xodimi ayol kishiga nisbatan kuch ishlatdi. Holat o‘rganilmoqda (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda IIV xodimi ayol kishiga kuch ishlatgani aks etgan video tarqaldi.

IIV matbuot kotibi bu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

"2021 yilning 16 iyul kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani prokuraturasi binosida, fuqaro va ichki ishlar organi xodimi o‘rtasida sodir bo‘lgan ziddiyatli videotasvir O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan o‘rganilmoqda.

Xodimning harakatlari qo‘shimcha ravishda to‘liq tekshirilib, holatga huquqiy baho beriladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!