Samarqandda homilador ayol 8 oylik go‘dagidan mahrum qilinib, qamoqqa olingani aytilmoqda

Samarqandda homilador ayol 8 oylik go‘dagidan mahrum qilinib, qamoqqa olingani aytilmoqda

Joriy yil 29 aprel uni ijtimoiy tarmoqlarda “Homilador ayol 8 oylik go‘dagidan mahrum qilinib, qamoqqa olindi” sarlavhasi ostidagi videomurojaat e’lon qilindi.  

Unda Samarqand shahridagi tumanlararo pochta bog‘lanmasi operatori lavozimida ishlab kelgan Anora Rajabova va bog‘lanmaning qator boshqa xodimlari 2018 yilning 6 oyi mobaynida 743 mln. so‘m miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilganlikda aydor deb topilib, jazolangani to‘g‘risida fikr yuritilgan. Murojaatda A. Rajabovaga qo‘yilgan barcha ayblarni qayta ko‘rib chiqish lozimligi ta’kidlanadi.

Jumladan, tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, sud A. Rajabovani 8 oylik farzandi borligi va hozirda yana homilador ekanligini inobatga olmay, 5 yilu 2 oy muddatga qamoq jazosi tayinlagan, deb hisoblaydi.

Hozirda fuqaroning murojaati yuzasidan Oliy Majlis Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga Senatning so‘rovnomasi yuborilgan. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Oliy sud va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda masalani atroflicha o‘rganib, natijalari yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali axborot beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!