Samarqandda gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfurushlar qo‘lga olindi

Samarqandda gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfurushlar qo‘lga olindi

Samarqandda propan gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfurushlar qo‘lga olindi, ballondagi gaz portlashidan olgan jarohat ularni fosh qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston Respublikasining Dushanbe va Boxtar shaharlarida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan D.O. hamda S.S.lar propan gaz balloni ichiga yashirincha joylashtirilgan “opiy” giyohvandlik moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tishadi va sotish maqsadida Urgut tumanida yashovchi tanishi, 1979 yilda tug‘ilgan M.F.ning yashash xonadoniga kelishgan.

Ular propan gaz balloni ichidan giyohvandlik moddalarini olayotganida gaz chaqnashi oqibatida kuyib, tuman shifoxonasiga borishadi. Tez orada gaz ballonida yana nimalar borligi ma’lum bo‘ladi...

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida propan gaz balloni ichida sellofan paketga o‘ralgan 244,19 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda hujjatlashtirildi.

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan o‘tkazilgan yana bir tadbirda esa Ishtixon tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinada 1 kg. 8,16 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!