Samarqandda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Samarqandda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ishtixon tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimi R.T. fuqaro X.ga nisbatan tuzilgan dalolatnomani hamda elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berish va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!