Samarqandda fuqaroni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Samarqandda fuqaroni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.S. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!