Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning yana bir a’zosi ushlandi

Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning yana bir a’zosi ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolarni aylanma yo‘llar bilan AQShga noqonuniy jo‘natayotgan jinoiy guruh a’zolaridan birining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1995 yilda tug‘ilgan, Buxoro shahrida yashovchi M.F. fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Yevropa ittifoqi davlatlari va Meksika orqali AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan. U navbatdagi «mijozi» – samarqandlik fuqaroni AQShga yuborish uchun 15 000 AQSh dollari so‘ragan. Tezkor tadbir chog‘ida M.F. ushbu puldan 3000 AQSh dollarini mahalliy fuqarodan olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!