Samarqandda fohishaxona tashkil qilganlar qilmishini berkitish evaziga IIB xodimiga pora berayotgan vaqtida ushlandi

Samarqandda fohishaxona tashkil qilganlar qilmishini berkitish evaziga IIB xodimiga pora berayotgan vaqtida ushlandi

Samarqand shahrida fohishaxona tashkil qilganlar qilmishini berkitish evaziga IIB xodimiga pora taklif qilishga urindi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, shaharning "Rudakiy" ko‘chasida yashovchi ona-bola fuqarolar joriy yilning 3 fevral kuni qo‘shmachilik qilish, fohishaxona tashkil etish maqsadida yashash xonadonida tadbirga jalb etilgan yigit va qizga sharoit yaratib beradi.

Ular yigit va qizdan 500 ming so‘m pul olayotganda IIO tomonidan ushlandi. Shuningdek, pullar daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olindi.

To‘plangan hujjatlar yuzasidan tergov harakatlarini o‘tkazayotgan Samarqand shahri bo‘yicha IIO faoliyatini muvofiqlashtirsh boshqarmasi 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili oldiga o‘g‘il borib onasini o‘yindan chiqarib yuborish evaziga 2 000 dollarni pora tariqasida taklif qiladi.

2023 yil 4 fevral kuni Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro xodimga xizmat xonasida 1 900 dollarni bergan vaqtida qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!