Samarqandda Dorivor o‘simliklar mahsulotlarining Birinchi xalqaro ko‘rgazmasi: yurtimiz dorivor o‘simliklarga boy

Samarqandda Dorivor o‘simliklar mahsulotlarining Birinchi xalqaro ko‘rgazmasi: yurtimiz dorivor o‘simliklarga boy

Samarqand shahridagi “SOF EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar majmuasi bugun yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qilmoqda.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Samarqand viloyat hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Avicenna Heritage” - “Abu Ali ibn Sino merosi” deb nomlangan Dorivor o‘simliklar mahsulotlarining Birinchi xalqaro ko‘rgazmasida dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchi hamda dorivor o‘simliklar asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi 100 ga yaqin mahalliy tadbirkorlar shuningdek, O‘zbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston xalq tabobati assosiasiyasi, Sharq tabobati instituti vakillari va xududlardan tashrif buyurgan tibbiyot xodimlari ishtirok etishmoqda.

Ta’kidlash joiz, Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan muhtaram Prezidentimiz tomonidan sohaga oid imzolangan bir qator farmon va qarorlar yurtimizda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash shuningdek, ularning eksportini amalga oshirish borasida keng imkoniyatlar yaratdi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmasevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.

Endilikda tumanlar qizilmiya, za’faron, kavrak, lavanda, steviya, moychechak, na’matak, ravoch, mavrak, dalachoy, tog‘rayhon, bo‘ymadaron, kiyik o‘ti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha hududlar kesimida ixtisoslashtiriladi. Bunda, 2022 yildan 2026 yilgacha 36 000 gektar maydonda yangi dorivor o‘simliklar plantasiyalari tashkil etiladi.

Yurtimizda dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integrasiyalash maqsadida Samarqand shahrida tashkil qilingan bugungi tadbir dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash, dorivor o‘simliklarning madaniy plantasiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni yangi bosqichga olib chiqish uchun keng imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!