Samarqandda beshta xonadon yonib ketdi

Samarqandda beshta xonadon yonib ketdi

19 may kuni tunda Samarqand tumani “Joyisoy” MFY Birdamlik ko‘chasidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 03:51 da yong‘in xabar tushgan. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajii va “KAMAZ” yordamchi avtomashinasi jalb etilgan. Yong‘in joyiga soat 04:06 da yetib borilgan va soat 05:38 da alanga to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 5 ta xonadonning taxminan 490 m. kv maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!