Samarqandda ayol o‘zi va uch nafar farzandini kanalga tashladi. Bolalari o‘ldi

Samarqandda ayol o‘zi va uch nafar farzandini kanalga tashladi. Bolalari o‘ldi

2022 yil 03 noyabr kuni Samarqand tumani “Jarqishloq” mahallasida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Q.A. qaynonasi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan oilaviy kelishmovchilik natijasida unga “achchiq qilib”, o‘zini 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanaliga tashlab yuborgan. Tumanning Yangiariq mahallasida joylashgan “Oq-amur” nomli oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan ular suvdan chiqarib olingan.

Afsuski fuqaroning ikki nafar farzandi vafot etgan. O‘zi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!