Samarqandda 50 ming dollar evaziga oltin kukunini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi

Samarqandda 50 ming dollar evaziga oltin kukunini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar ularning ishonchiga kirib, 50 ming AQSh dollari evaziga 11,5 kg. oltin kukunini sotishini va Samarqand shahriga olib kelib berishlarini aytganligini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida, Samarqand tumani Yangiobod MFYda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 6 nafar shaxslar ariza mualliflariga 11,575 kg. oltin kukunini 50 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!