Samarqandda 1 oy komada yotgan 48 yoshli ayol hayotga qaytarildi (video)

Samarqandda 1 oy komada yotgan 48 yoshli ayol hayotga qaytarildi (video)

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo‘limida 48 yoshli ayol bir oy komada yotdi. Shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan u hayotga qaytarildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilindi.

«Bemor miyasida juda katta o‘sma bilan sun’iy nafas oldiruvchi apparat bilan bir oydan ortiq komada yotdi», — deydi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ahmadjon Bobojonov.

Qayd etilishicha, ayolning yaqinlari uning ahvolini ko‘rib, yashab ketishidan umidini uzgandi.

«Ammo shifokorlar eng so‘nggi daqiqada ham ayolning ahvolini yaxshilash, uning hayotini saqlab qolish imkoni borligiga hammani ishontirdi», — deyiladi reportajda.

«Bir-ikki marta yarim kechasi soat 02:00 larda ham operasiya qilishga to‘g‘ri keldi. Shifokorlarimizning sa’y-harakatlari bilan ayolning hayotini saqlab qoldik. Hozir o‘ziga keldi, savollarimizga javob beryapti», — deydi tibbiy birlashma rahbari Ahmadjon Bobojonov.

«Bir oy mobaynida oldiga kirardik, ismini aytib chaqirsak, javob bermasdi, ko‘rmasdi, eshitmasdi. Hozir ismini aytsak bizga qarayapti, gaplashyapti. Bir oy mobaynida shuni angladimki, shifokorlik dunyodagi eng qiyin soha ekan», — deydi bemor ayolning turmush o‘rtog‘i.

Shifokorlar kasb bayrami arafasida tashki etilgan tantanali tadbirda Samarqand tibbiyot birlashmasi viloyatdagi «Yilning eng yaxshi sog‘liqni saqlash tashkiloti» deya e’tirof etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!