Samarqandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatiladi

Samarqandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatiladi

Samarqandagi xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan imzolangan qarorda nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, Samarqand viloyatida 2023 yilda yordamga muhtoj aholining uyiga kichik hajmdagi quyosh panellari o‘rnatiladi. Qayd etilishicha, ular temir daftarga kiritilgan oilalarning 2 mingta xonadoniga qo‘yiladi.

Zamonaviy uskunalar eng ko‘p Urgut tumani (260) va Samarqand shahridagi oilalarga ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkent viloyatidagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga ham quyosh panellari o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, Quyi Chirchiq, Bekobod, Bo‘ka tumanlaridagi "Temir daftar"larga kiritilgan 100 nafar ehtiyojmand oila xonadoniga quyosh panellari o‘rnatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!