Samarqand xalqaro aeroportida 22 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan erkak qo‘lga olindi

Samarqand xalqaro aeroportida 22 yoshli qizni Turkiyaga  fohishalikka  yuborayotgan erkak qo‘lga olindi

Samarqand xalqaro aeroportida 22 yoshli qizni Turkiyaga aldov yo‘li bilan fohishalik uchun yuborayotgan erkak qo‘lga olindi. U Istanbulda yashovchi onasi bilan til biriktirgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloya IIB va DXX tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda 1992 yilda tug‘ilgan A.A. qo‘lga olingan. Ushbu fuqaro Turkiyaning Istanbul shahrida yashab kelayotgan, 1973 yilda tug‘ilgan onasi O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999 yilda tug‘ilgan M.ni fohishalik maqsadida ishlatish uchun chet elga yuborayotgan paytda Samarqand xalqaro aeroportida ushlangan. 1999 yilda tug‘ilgan qizning keyingi manzili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lishi kerak edi.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan, Samarqand shahri IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://iiv.uz/news/samarqandda-odam-savdosi-jinoyatining-oldi-olindi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!