Samarqand va Farg‘onada gaz portlashlari sodir bo‘ldi

Samarqand va Farg‘onada gaz portlashlari sodir bo‘ldi

8 dekabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida va Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida sodir bo‘lgan gaz chaqnashi oqibatida 3 kishi jarohatlandi, deb xabar qiladi IIV matbuot xizmati.

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida “Marokand” MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r Q.S. uyida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida xonaga o‘rnatilgan isitish pechi quvuridan sizib chiqib, to‘planib qolgan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada Q.S. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida “Pandigon” MFYda yashovchi T.N. uyi yotoqxonasida elektr chirog‘i o‘chib yonishi natijasida xonada bo‘lgan isitish pechidan sizib chiqib to‘plangan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada T.N. va birga yashovchi 5 oylik qizi SH.S. turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!