Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.T. “Xalqobod” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 246,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul shaxslari umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 114,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” fermer xo‘jaligini boshqarib kelgan E.S. “Quyibog‘” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosi va dala shiyponidagi elektr uskunalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 109,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?
1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.
Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi
«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.
