Samaraqandda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlarining ustamalari to‘lab berilmagan

Samaraqandda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlarining ustamalari to‘lab berilmagan

Samaraqand viloyatining Ishtixon tumanida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlarining ustamalari to‘lab berilmagani aniqlandi.

Tegishli huquqiy hujjatlarga ko‘ra, tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar ham joriy qilingan.

Prezidentning 2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida mazkur ustama ko‘zda tutilgan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur hujjat ijrosi o‘rganilganida koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga jalb etilgan tuman SEO va JS (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi) bo‘limi xodimlariga 2021 yil may-iyun oylarida jami 275 805 479 so‘m olti foizlik qo‘shimcha to‘lovlar xodimlarning oylik ish haqiga qo‘shib to‘lab berilmaganligi aniqlandi. Bu haqda tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Akbar Jovliyev ma’lum qilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, tuman adliya bo‘limining 2021 yil 23 iyuldagi taqdimnomasiga asosan, SEO va JS bo‘limining 65 nafar xodimiga 275 805 479 so‘m 6 foizlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!