Samarada zaharlangan o‘zbekistonliklar soni 68 kishiga yetdi

Samarada zaharlangan o‘zbekistonliklar soni 68 kishiga yetdi

Samara viloyatining «Koshelevskiy posad» korxonasida ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida zaharlanganlar soni 68 kishiga yetdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oldinroq ular 46 kishi ekanligi bildirilgandi.

Korxona rahbariyatiga ko‘ra, ularning barchasi qonuniy asosda faoliyat yuritayotgan va mehnat shartnomasiga ega. Ish beruvchi Qozondagi bosh konsulxonani O‘zbekiston fuqarolarining davolanishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanishi haqida xabardor qilgan.

«O‘zbekistonliklar joylashtirilgan tibbiy muassasalar va korxona rahbariyati bilan tig‘iz aloqa o‘rnatilgan va vaziyat nazoratga olingan», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!