Salkam 9 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarining sotuvga qo‘yilishining oldi olindi

Salkam 9 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarining sotuvga qo‘yilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan IIB hamda tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.P. fuqaro D.D.ga Jizzax shahar, “Toshloq” MFY hududidagi xonadonida iste’molchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 201 kg yirik shoxli mol go‘shtini 8,6 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 6 mln so‘mni olgan vaqtida ushlanib, uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, birlamchi veterinariya hujjatlariga ega bo‘lmagan jami 73 dona qoramol tuyog‘i va 61,3 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!