Salkam 400 million so‘mlik sifatsiz kosmetologiya vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Salkam 400 million so‘mlik sifatsiz kosmetologiya vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Sifati kafolatlanmagan kosmetika va parfyumeriya vositalarini yurtimizga turli yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro M.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida umumiy qiymati 333 million so‘mlik 300 dona kosmetologiyada foydalanadigan vositalar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!