Saksoniya bosh vaziri Germaniya yaqin kelajakda Rossiya gazidan voz kecha olmasligini aytdi

Saksoniya bosh vaziri Germaniya yaqin kelajakda Rossiya gazidan voz kecha olmasligini aytdi

Saksoniya federal shtati bosh vaziri Mixael Kretshmer Germaniyaning yaqin kelajakda Rossiya gazidan voz kechish imkoniyati bo‘lmasligini aytdi.

“Biz Rossiya gazisiz qololmasligimizni tushunishimiz kerak, bu achchiq haqiqat va buni qabul qilishimiz kerak”, - dedi u Zeit gazetasiga bergan intervyusida.

Unga ko‘ra, yaqin yillarda Germaniyaga Rossiya gazi kerak bo‘ladi.

Kretshmerning aytishicha, mamlakat "odamlar o‘z kvartiralarida muzlab qolmasligi" uchun issiqlik punktlarini yaratish haqida o‘ylay boshlashi kerak.

"Bizning butun iqtisodiy tizimimiz qulash xavfi ostida", deb ogohlantirdi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!