Sakkiz oyda 9 trln so‘m ipoteκa krediti berildi

A A A
Sakkiz oyda 9 trln so‘m ipoteκa krediti berildi

2025 yilning dastlabki sakkiz oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qariyb 9 trln so‘m ipoteκa krediti ajratilgani ma’lum qilindi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, jami 30 ming 654 ta bitim tuzilgan bo‘lib, har bir kreditning o‘rtacha miqdori 291,7 mln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatda uy-joy bozoriga bo‘lgan talab yuqoriligini namoyon etmoqda.

Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtda 2,1 trln so‘m ipoteκa kreditlari berilib, umumiy mablag‘ning 23,5 foizini tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda Andijon, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari joylashgan bo‘lib, ularning umumiy ulushi 29 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ham yirik qarz oluvchilar qatoriga kirgan.

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keldi.

Banklar kesimida Ipoteκa bank yetakchilik qilmoqda — 5 966 ta bitim orqali 1,73 trln so‘m kredit ajratilgan. Undan keyingi o‘rinlarda «O‘zmilliybank» — 1,36 trln so‘m va «Agrobank» — 1,26 trln so‘m kredit ajratgan. Shu bilan birga, Biznesni rivojlantirish banki 1,17 trln so‘m, Xalq banki esa 942,9 mlrd so‘m ipoteκa kredit bergan.

12 043 nafar ayolga 3,47 trln so‘m kredit berilgan. Bu umumiy portfelning 39 foizini tashkil etmoqda. Ayniqsa, Biznesni rivojlantirish banki (51 foiz), Xalq banki (46 foiz) va «Aloqabank» (48 foiz) orqali ayollar faol ravishda kredit olgani qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол