Sahobalar rolini aktyorlar o‘ynashi joizmi? Bunday filmlarni ko‘rsak bo‘ladimi?

Sahobalar rolini aktyorlar o‘ynashi joizmi? Bunday filmlarni ko‘rsak bo‘ladimi?

Savol

Assalomu alaykum, ustoz. Sahobalar rolini aktyorlar o‘ynashi joizmi? Bunday filmlarni ko‘rsak bo‘ladimi?


Javob

Aktyorlar bundan oldin va keyin boshqa rollarni ham ijro etishlari mumkinligini hisobga olib, ayrim ulamolar payg‘ambarlar va katta sahobalar rollarini ijro etishni taqiqlaganlar. Chunki aktyorlar salbiy rollarni ijro qilgan yoki qilmoqchi bo‘lishsa, sahobalar siymolari xiralashib qoladi, deyishgan. Ammo keyingi vaqtlarda boshqa ulamolar ularning rollarini ijro qilib, diniy mazmundagi filmlarni ko‘paytirish kerak degan fikrga kelishgan. Binobarin sahobalar haqidagi filmlarni ko‘rish mumkin.

Alloh yanada biluvchiroq.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!