Sadir Japarov: "O‘lmas polk" aksiyasini taqiqlashga hech kimning haqi yo‘q"

Sadir Japarov: "O‘lmas polk" aksiyasini taqiqlashga hech kimning haqi yo‘q"

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “O‘lmas polk” aksiyasini taqiqlashga hech kimning haqi yo‘qligini aytdi.

Prezidentga ko‘ra, Qirg‘izistondan 365 ming kishi urushga ketgan, ularning 100 mingdan ortig‘i qaytmagan.

"Hozir mamlakatimizda ularning millionlab nabiralari istiqomat qiladi. Ular har yili 9 mayni nishonlaydilar, shuningdek, "O‘lmas polk" safida piyoda yurishadi. Shuning uchun ularni bu yurishdan man qilishga hech kimning haqi yo‘q", — dedi davlat rahbari.

Japarovning o‘zi 9 may kuni "Mangu alanga"ga gul qo‘yadi va Ulug‘ Vatan urushi faxriylari bilan uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!