Sadir Japarov Turkiyada Erdog‘an bilan uchrashdi

 Sadir Japarov Turkiyada Erdog‘an bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) Ersin Tatar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Iznik shahrida IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimidan so‘ng prezidentlarning alohida uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Erdog‘an Qozog‘iston parlamenti raisi Yerlan Koshanovni ham qabul qildi.

29 sentyabr, payshanba kuni Turkiyada IVJahon ko‘chmanchilar o‘yinlari boshlandi.

Sportchilar kurash, ot sporti va kamondan otish musobaqalarida o‘z omadlarini sinab ko‘radi.

O‘yinlarda 102 davlatdan 3000 dan ortiq sportchi ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!