Sadir Japarov ilk xorijiy tashrifi haqida aytdi

Sadir Japarov ilk xorijiy tashrifi haqida aytdi

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshiradi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining telegram-kanalida ma’lum qilindi.

 Xabarda tashrif qachon amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktyabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste’foga chiqdi.

Prezidentning iste’fosidan keyin, Konstitusiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.

Qirg‘iziston MSK raisi Nurjan Shayldabekovaning ma’lum qilishicha, mamlakatda muddatidan avvalgi prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!