Rushana Sultonova faxriy mukofot bilan taqdirlandi

Rushana Sultonova faxriy mukofot bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova faxriy mukofot — “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.

“San’atning jozibador va nafis turlaridan sanalgan raqs san’atining eng faol, shijoatli va fidoyi vakillaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonovaga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdik”, deya yozib qoldirdi vazir.

Ma’lumot uchun, 1965 yilning 27 noyabrida Buxoro viloyatining Gazli shahrida tavallud topgan Rushana Sultonova 1991 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida boshlagan.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston davlat filarmoniyasida balet solisti, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” raqs ansamblida oliy darajali balet solisti, “O‘zbekraqs” birlashmasida oliy darajali balet solisti sifatida ijod qildi.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansamblining bosh baletmeysteri bo‘lib faoliyat yuritayotgan Rushana Sultonovaning o‘zbek raqs san’ati, xususan, balet san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan.

“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoniga haqli ravishda munosib bo‘lgan ustoz san’atkorni mukofot bilan samimiy qutlab, sahnalarni zabt etishdan aslo charchamang, deymiz”, dedi Ozodbek Nazarbekov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!