Ruminiya Markaziy banki munajjimni ishga oldi

Ruminiya Markaziy banki munajjimni ishga oldi

Ruminiyada taniqli Minerva taxallusi ostida ishlaydigan munajjim mamlakat milliy bankiga ishga yollandi. Adevarul nashri bu haqda rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.

Bu haqda 64 yoshli ayolning o‘zi YouTube shouda e’lon qilib, uning rahbarlik lavozimiga ega ekanligini ma’lum qildi. Nashrning manbalari, o‘z navbatida, munajjim Markaziy bankdagi ma’muriy vazifalarni hal qiluvchi direktor kotibi lavozimida ekanligini ta’kidlamoqda.

Minervaning haqiqiy ismi Gabriyela Dima, ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, u ham huquqiy, aktyorlik va psixologik ta’limga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!