Rubl dollarga nisbatan pozisiyasini boy bermoqda

Rubl dollarga nisbatan pozisiyasini boy bermoqda

Rossiya rubli ikkinchi kundirki dollarga nisbatan qiymatini yo‘qotishda davom etmoqda.

Moskva birjasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 10:20 da dollar kursi 2,66 rublga qimmatlashgan va bir dollar 63,91 rublga baholangan. Yevro ham 2,21 rublga qimmatlashib, bir yevroga 65,81 rubl berilgan. Amerika dollari 3 iyunda 64,95 rublga chiqib ketgan edi, yevro esa o‘zining maksimum narxini 30 mayda o‘rnatib, 66,65 rublga chiqqan edi.

Umuman, so‘nggi oylarda rubl dollarga nisbatan pozisiyasini ancha jiddiy mustahkamlab olgandi. Masalan, 29 iyunda bir dollar 50,01 rublgacha tushib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!