Rossiyaning Varshavadagi elchisi Polsha tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Rossiyaning Varshavadagi elchisi Polsha tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreev Polsha Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Markin Pshidach TVN24 telekanalida ma’lum qildi.

“Soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 14:00) elchi Sergey Andreev Rossiyaning o‘tgan haftadagi harakatlari munosabati bilan TIVda bo‘ladi”, — deya Pshidach so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Rossiya tarkibiga yangi hududlarning qo‘shib olinishi munosabati bilan Germaniya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!