Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy safarbarlikdan asosiy maqsadi aytildi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy safarbarlikdan asosiy maqsadi aytildi

Rossiyada prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik, birinchi navbatda, Ukrainadagi maxsus operasiya davomida ozod qilingan hududlarni nazorat qilish uchun zarur. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytib o‘tdi.

Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, hozirda o‘zaro aloqa chizig‘i ming kilometrdan ortiq masofani tashkil etadi. “Tabiiyki, bu hududlar nazorat qilinishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda bu ish, qisman safarbarlik qilinmoqda”, - deya tushuntirdi Shoygu.

Uning qo‘shimcha qilishicha, harbiy xizmatga chaqirilganlarning barchasi avvalo zarur tayyorgarlikdan o‘tadi va shundan keyingina ular topshiriqlarni bajarishga yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!