Rossiyaning Ukrainaga ommaviy bostirib kirishi boshlanganidan beri qancha tinch aholi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainaga ommaviy bostirib kirishi boshlanganidan beri qancha tinch aholi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainaga ommaviy bostirib kirishi boshlanganidan beri 3752 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 4062 nafari yaralandi, deya xabar beradi BMT.

Halok bo‘lganlar orasida 250 nafari bolalardir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qayd etishicha, haqiqiy qurbonlar soni ko‘proq. Ammo shiddatli janglar ketayotgan joylardan ma’lumotlar kech keladi va ko‘plab xabarlar hali ham tasdiqlanmagan.

Xususan, ko‘plab tinch aholi jabrlangani aytilayotgan Mariupol, Izyum va Popasnada qurbonlar soni haqida to‘liq ma’lumot yo‘q.

Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aksariyati uzoq masofali portlovchi qurollar, jumladan, og‘ir artilleriya va ko‘plab raketa zarbalari, shuningdek, raketa zarbalari va havo hujumlari tufayli sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!