Rossiyaning Su-25 hujumchi samolyoti Rostov viloyatida halokatga uchradi

Rossiyaning Su-25 hujumchi samolyoti Rostov viloyatida halokatga uchradi

21 iyun kuni Rossiyaning Su-25 hujumchi samolyoti Rostov viloyatida halokatga uchradi. Uchuvchi vafot etdi.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Voqea joyida Rossiya Aerokosmik kuchlari komissiyasi ishlamoqda", — deyiladi Janubiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.

17 iyun kuni Su-25 ham Belgorod viloyatida halokatga uchradi. Uchuvchi bortni tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Harbiylarning aytishicha, u yerda ham halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!