Rossiyaning "qora ro‘yxati"ga yana 32 nafar Yangi Zelandiya rasmiylari va harbiylari kiritildi

Rossiyaning "qora ro‘yxati"ga yana 32 nafar Yangi Zelandiya rasmiylari va harbiylari kiritildi

Rossiyaning “qora ro‘yxati”ga munisipal organlar, huquq-tartibot idoralari rahbarlari va jurnalistlar orasidan “ushbu mamlakatda rusofob kun tartibini shakllantirgan” 32 nafar yangi zelandiyalik qo‘shildi, deb xabar qildi Rossiya TIV.

Bu shaxslar uchun "Rossiya Federasiyasiga kirish noma’lum muddatga yopilgan", - deyiladi Rossiya TIV saytida e’lon qilingan bayonotda.

Ta’kidlanishicha, bu chora “Yangi Zelandiya hukumatining Rossiya fuqarolari – ham mansabdor shaxslar, ham ularning oila a’zolari, shuningdek, ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari soni ortib borayotganiga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalariga javoban” qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!