Rossiyaning ikkita qurilish kompaniyasi 14 000 nafar o‘zbekistonlik fuqaroni ish bilan ta’minlay oladi

Rossiyaning ikkita qurilish kompaniyasi 14 000 nafar o‘zbekistonlik fuqaroni ish bilan ta’minlay oladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federasiyasining yirik qurilish kompaniyalari - «PIK-Industriya» AJ va «TexStroy» MCHJ korxonalari rahbariyat vakillaridan iborat delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov mehmonlarga O‘zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasini shakllantirish bo‘yicha olib borilayetgan faoliyat yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Suhbat davomida bu boradagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari hususida fikr almashildi. Mehmonlar o‘zlarini qiziktirgan savollarga batafsil javob olib, O‘zbekistonga uyushtirilgan safar dasturi bilan bog‘liq masalalarni muxokama etdilar. Ushbu tashrif davomida «PIK-Industriya» AJ va «TexStroy» MCHJ korxonalari vakillari quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazishadi:

- Montajchi (montajnik-santexnik),

- Elektr payvandchi (elektrosvarshik),

- Elektr montajchi (elektromontajnik),

- G‘isht terish (kamenshik),

- Armatura (armaturshik),

- Qoliplash (formovshik),

- Yuk joylash (stropalshik),

- Ichki pardozlash (otdelochnik).

Tanlov o‘tkaziladigan hududlar:

15-19 yanvar kunlari - Farg‘ona shahri, Sohibqiron Temur ko‘chasi 245-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari aholisi uchun).

20-23 yanvar kunlari - Urganch shahri, Yoshlik kuchasi 24-uy. Urganch xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi binosi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun).

25-31 yanvar kunlari - Samarqand shahri, Spitamen shox ko‘chasi 270-uy. Samarqand transport kolleji binosi (Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri aholsi uchun).

2021 yilning ohiriga qadar ushbu kompaniyalarda jami 14 000 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ishga joylashtirish imkoniyati mavjud.

«PIK-Industriya» ochiq aksionerlik kompaniyasi 1994 yildan Rossiya Federasiyasining turar joy inshoatlarini qurish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!