Rossiyani tark etish “Walt Disney”ga qimmatga tushdi

Rossiyani tark etish “Walt Disney”ga qimmatga tushdi

Amerikaning “Walt Disney” kompaniyasi Rossiya bozorini tark etishi ortidan bir chorakda 195 million AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rdi. Kompaniya bu haqida daromad hisobotlari orqali ma’lum qildi.

“Walt Disney” kompaniyasi Rossiyadagi “Disney” kanali bilan bog‘liq nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi tufayli jami 195 million AQSh dollari miqdoridagi xarajatlarni qayd etdi", deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, “The Walt Disney” kompaniyasi joriy yilning 11 mart kuni Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishi, maxsus lisenziyaga ega mahsulotlar va kontentlar, “National Geographic”, “Disney Cruise Lin” jurnallari, “Disney” kanali faoliyatini to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

Kompaniya 1 mart kunidan boshlab o‘z filmlarini RF ga yetkazib berishni ham vaqtincha to‘xtatgan. Ma’lumot uchun, “The Walt Disney” kompaniyasi “Pixar”, “Marvel Studios”, “Lucasfilm”, "20th Century Studios" studiyalariga egalik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!