«Rossiyani boricha qabul qilish kerak!»
Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Rossiya bilan muloqotni yoqlab chiqdi. Bu haqda u Latviyaning “LSM “portaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Ishtirok etish prinsiplardan voz kechishni anglatmaydi. Men muloqot tarafdoriman, ammo unda siz qat’iyatli bo‘lishingiz va aniq xabar berishingiz kerak. Bu bizning umumiy vazifamiz - ushbu qiyin masalalar bilan ishlash», degan prezident.
Kalyulayd, shuningdek, «Rossiyani boricha qabul qilish kerak!» deya ta’kidlagan. Shunda u bilan ishlash oson bo‘ladi.
Rossiya Federasiyasi bilan hamkorlikning namunasi sifatida u atrof-muhit muammolarini birgalikda hal qilish, chegaralarni tekshirish va talabalar almashinuvini keltirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)