Rossiyaliklar Xitoyga o‘z avtomobillarida borishlari mumkin bo‘ladi

Rossiyaliklar Xitoyga o‘z avtomobillarida borishlari mumkin bo‘ladi

Rossiya Transport vazirligi Xitoy tomoni bilan ikki davlat fuqarolariga shaxsiy avtomobillarda chegaradan o‘tish imkonini beruvchi kelishuvni muhokama qilmoqda.

Rossiya transport vaziri Andrey Nikitinning ma’lum qilishicha, 8 o‘ringacha bo‘lgan shaxsiy yengil avtomobillarda asosiy nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chegarani kesib o‘tish tartibi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv loyihasi muvofiqlashtirilmoqda.

Kelishuv «Zabaykalsk», «Starosuruxaytuyskiy», «Pogranichniy», «Kraskino» va «Kani-Kurgan» nazorat punktlarini qamrab oladi. Vazirning ta’kidlashicha, masalaning texnik jihatlari allaqachon hal qilingan.

Ayni paytda tomonlar haydovchilik guvohnomalaridan foydalanish muddatini muhokama qilmoqda. Ya’ni rossiyaliklar Xitoyda o‘z milliy haydovchilik guvohnomasi bilan qancha vaqt avtomobil boshqarishi va Xitoy fuqarolari Rossiyada qancha muddat shu tartibdan foydalanishi masalasi kelishilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэро