Rossiyaliklar YEIga kirishdagi cheklovlardan qo‘rqib, Shengen vizalarini olishga harakat qilmoqda

Rossiyaliklar YEIga kirishdagi cheklovlardan qo‘rqib, Shengen vizalarini olishga harakat qilmoqda

Rossiyada Shengen vizalariga bo‘lgan talabning ko‘payishi kuzatildi, bu Rossiya fuqarolari uchun kelajakdagi viza cheklovlari haqidagi qo‘rquv tufayli yuzaga keldi. Bu haqda sayyohlik bozoridagi manbalarga tayanib, “Kommersant” yozmoqda.

Vizaxod xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida Shengen vizasiga murojaat etuvchilar soni 40 foizga oshgan.

"Bu, ayniqsa, hafta oxirida, Estoniya rasmiylarining bayonotlari fonida sezildi", — dedi gazetaga viza agentligining korporativ bo‘limi boshlig‘i Marina Shirokova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!