Rossiyalik turistlar O‘zbekistonda qancha pul sarflashi ma’lum bo‘ldi

Rossiyalik turistlar O‘zbekistonda qancha pul sarflashi ma’lum bo‘ldi

Turizm va madaniy meros vazirligi vakilining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonda o‘rtacha 635$ sarflashadi.

2022 yilning 5 oyi davomida respublikaga 132 179 nafar rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan. Ular O‘zbekistonda asosan gastronom, plyaj, ekstremal va madaniy-tarixiy turizmga qiziqish bildirgan.

“Rossiyalik mehmonlar Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Farg‘ona, Termiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurishni yoqtirishadi”, - deydi vazirlik vakili.

Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, Rossiyadan sayyohlar oqimi kamayishiga sabab bo‘luvchi muammolar ham bor. Bular xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi reyslarning cheklangan soni va havo qatnovi chastotasi bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!