Rossiyalik milliarderlar Yevropa kengashini sudga berdi

Rossiyalik milliarderlar Yevropa kengashini sudga berdi

Bryussel tomonidan sanksiyalar kiritilgan milliarderlar Pyotr Aven va Mixail Fridman Yevropa sudiga Yevropa kengashi ustidan da’vo arizasi berdi.

Aven da’vo arizasini 23 may kuni, Fridman 24 may kuni bergan.

Aven va Fridman Ukrainadagi «maxsus harbiy operasiya sababli» Yevroittifoq sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgandi.

Ta’kidlanishicha, Aven «hokimiyatdagi aloqalari ortidan daromadga ega bo‘lgan», Fridman esa «Vladimir Putin ma’muriyati bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan».

Aprel oxirlarida milliarder Alisher Usmonov Yevropa kengashi ustidan Yevropa sudiga ariza bergandi. Unga nisbatan ham 28 fevralda sanksiyalar joriy etilgandi.

May oyida VEB.RF korporasiyasi va uning rahbari Igor Shuvalov ana shunday ariza bergan. Shuningdek, Yevropa sudida «Magnit» aksiyadori Aleksandr Vinokurov (Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning kuyovi), biznesmenlar Dmitriy Pumpyanskiy (TMK va «Sinara» guruhi aksiyadori), Vadim Moshkovich (Rusagro aksiyadori), Igor Kesayev («Merkuriy» aksiyadori) va Andrey Melnichenko (Evroxim aksiyadori), Dmitriy Mazepin («Uralxim», «Uralkaliy», «Tolyattiazot» egalaridan biri) arizalari ro‘yxatga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!