Rossiyalik deputat va uning o‘g‘li 18 yil avvalgi qotillik tufayli qo‘lga olindi

Rossiyalik deputat va uning o‘g‘li 18 yil avvalgi qotillik tufayli qo‘lga olindi

Sverdlovsk viloyatida qotillikda gumon qilingan deputat hibsga olingan.

Sverdlovsk viloyati Artyomovsk shahar okrugining deputati Gennadiy Vinogradov va uning o‘g‘li Roman  qotillikda gumon qilinib hibsga olingan, deb xabar beradi Ura.ru xavfsizlik kuchlaridagi manbaga  tayanib.

Unga ko‘ra, deputat va uning 40 yoshli o‘g‘li 2003 yilda sodir etilgan qotillikda ayblanmoqda. Ushbu ish  bo‘yicha tergov 18 yil davom etdi, ammo tafsilotlar endi oshkor bo‘ldi.

Hibsga olinganlar kelasi ikki oyni tergov izolyatorida o‘tkazadilar, deya aniqlik kiritdi portal.

"Yagona  Rossiya" partiyasining Sverdlovsk bo‘limi kotibi Viktor Sheptiyning aytishicha, Vinogradovning  partiyadagi a’zoligi sud qarori qabul qilinguniga qadar to‘xtatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!