Rossiyaga ishlashga kelayotgan migrantlar uchun imtihonni soddalashtirish taklif qilindi

Rossiyaga ishlashga kelayotgan migrantlar uchun imtihonni soddalashtirish taklif qilindi

Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligi tegishli tashabbus bilan chiqdi.

Ukrainadagi maxsus operasiya davomida patent, vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) va yashash guvohnomasini (VNJ) olishda xorijliklarning faqat og‘zaki imtihon topshirishlari taklif qilinmoqda.

Shu tariqa, bu hujjatlarni olmoqchi bo‘lganlar chet elliklar rus tili fanidan yozma va Rossiya tarixi va qonunchiliklari asoslaridan test topshirishdan ozod qilinishlari mumkin.

Bu qaror qabul qilingan taqdirda, u 2022 yil 31 dekabrigacha amalga qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ishlash uchun hujjat olmoqchi bo‘lgan migrantlar rus tilidan imtihon topshirishlari kerak. Imtihon, jumladan, yozma va og‘zaki hamda Rossiya tarixi va asosiy qonunchiliklari savollaridan iborat testni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!