Rossiyaga ishlashga borgan surxondaryolik fuqaroda og‘ir kasallik aniqlandi

Rossiyaga ishlashga borgan surxondaryolik fuqaroda og‘ir kasallik aniqlandi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga surxondaryolik B.A. O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu murojaat vakolatxona xodimlari tomonidan o‘rganilganda, fuqaro B.A. 2021 yilning iyul oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Rossiya Federasiyasiga borgani, kredit tashkilotidan qarzdorligi mavjudligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda o‘pka sili kasalligi aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

Shu sababli unga patent rasmiylashtirish rad etilgach, u moliyaviy murakkab ahvolda qolgan.

Yurtdoshimizning salomatligi og‘irlashgani, mehnatga layoqatsizligi sababli 6 dekabr kuni Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida aviachipta olib berilib Vatanga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!