Rossiyaga ishga boradigan quruvchilar O‘zbekistonda o‘qitiladi

Rossiyaga ishga boradigan quruvchilar O‘zbekistonda o‘qitiladi

Rossiya Federasiyasining yirik ish beruvchilaridan biri hisoblangan “Quruvchilar milliy uyushmasi” assosiasiyasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Delegasiya a’zolari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘ldi va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar ham olib borildi.
Shu kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Muhitdinov va “Quruvchilar milliy uyushmasi” assosiasiyasi prezidenti Glushkov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Rossiya Federasiyasiga yuborilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining malakasini baholash imtihonini raqamli platforma asosida masofadan topshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘nggida tomonlar o‘rtasida hamkorlik Bitimi imzolandi.
Mazkur bitimda O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilish sohasidagi mutaxassislarni kasbga o‘qitish va ularning malakasini baholashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish kabi masalalar qayd qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!