Rossiyaga Afg‘oniston orqali janubga muqobil transport yo‘lagi taklif qilinmoqda

Rossiyaga Afg‘oniston orqali janubga muqobil transport yo‘lagi taklif qilinmoqda

Toshkentda bu boradagi muzokaralar «Xalqaro transport yo‘laklari direksiyasi» avtonom notijorat tashkiloti hamda Rossiya Federasiyasi va O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistika rivoji muammolarini o‘rganish markazi tomonidan olib borildi. Tomonlar Rossiya Federasiyasini Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi «Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston» (1) muqobil multimodal koridor salohiyatini muhokama qildilar.

Yo‘lakning afg‘on qismi «Termiz – Peshovar» Transafg‘on temir yo‘li orqali ta’minlanadi. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida kelishilgan yo‘nalishni xaritada ko‘rish mumkin.

🔸Bu yo‘nalish 2002 yildan beri Rossiya va Hindiston o‘rtasida Eron orqali aloqani ta’minlab kelayotgan, biroq bir qator texnik qiyinchiliklarga duch kelgan «Shimoliy-Janubiy» mavjud ITCga muqobil bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!