Rossiyadan keltirilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari talabga javob bermadi

Rossiyadan keltirilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari talabga javob bermadi

Iste’molchi mahsulot xarid qilayotganda albatta uning qadog‘idagi ma’lumotlar bilan tanishishi lozim. Belgilangan me’yorlarga asosan mahsulot yorlig‘idagi ma’lumotlar aniq va davlat tilida bo‘lishi talab etiladi. Ayniqsa oziq-ovqat mahsuloti yorlig‘idagi ma’lumot iste’molchida shubha o‘yg‘otsa,ushbu mahsulotni xarib qilmagan ma’qul.

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament va O‘zbekiston iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti talablarining bajarilishi o‘rganildi.

Poytaxtimizdagi savdo rastasida sotilayotgan “MOS PROD TORG” MCHJ tomonidan yurtimizga import qilingan Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan "Ostankino-noviy standart” MCHJ, “Starodvorskiye kolbasi”, va “Ostankinskiy myasopererabativayushiy kombinat” tomonidan ishlab chiqarilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari yorlig‘ida oziqlik qimmati (uglevodlar miqdori) to‘liq yoritilmaganligi, yorlig‘idagi ma’lumotni o‘qish imkoniyati mavjud emasligi va markirovkasi Davlat tilida bo‘lmaganligi aniqlandi.

“MOS PROD TORG” MCHJ nomiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib bergan sertifikatlashtirish idorasi mas’ul xodimlarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!