Rossiyadagi YTHda vafot etgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Rossiyadagi YTHda vafot etgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Kecha, 16 yanvar kuni Rossiyaning Saratov oblastida "Volga-GAZ-3110" va “HYUNDAI” miniven avtomobillar ishtrokida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida jami 9 nafar fuqaro jabrlangan va shulardan 4 nafari vafot etgan. Ularning 2 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan. FVV vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatini e’lon qildi.

Boltabayev Nodir, 1979 y.t. (Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida istiqomat qilgan).
Sobirov Sardorbek, 1997 y.t. (Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida istiqomat qilgan).

Shuningdek, 5 nafar jarohatlangan fuqarolarning 3 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan. Ular:

Muxamedova Gulorom, 1968 y.t. (Samarqand viloyati Samarqand shahrida istiqomat qiladi).
Ibatov Sunnat, 1989 y.t. (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida istiqomat qiladi).
Balliyev Isa, 1998 y.t. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida istiqomat qiladi”).

Hozirda vafot etganlarning jasadini olib kelish va jarohat olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!