Rossiyadagi qurilishda 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, vafot etdi

Rossiyadagi qurilishda 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, vafot etdi


«78.ru» nashrining xabar berishicha, 17 iyun kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumani shifoxonasiga tez yordam mashinasida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda olib kelingan.

Shifokorlar unga balandlikdan yiqilishga oid tan jarohatlari tashxisini qo‘ygan. Oradan to‘rt kun o‘tgach, 21 iyun kuni bemor reanimasiya bo‘limida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik muhojir tumandagi 12 qavatli turar joy binosining qurilishida ishlagan. Mazkur hodisa yuz bergan kuni u ish joyida bo‘lgan va noma’lum sababga ko‘ra, balandlikdan tushib ketganligi aytilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik fuqaro ikkinchi qavatdan yiqilgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!